Sado

Chrome va Edge uchun bepul extension

Inglizcha video darslar o'zbek tilida

YouTube, Udemy, Coursera va boshqa platformalardagi inglizcha darslarni o'zbekcha subtitr bilan ko'ring yoki o'zbekcha ovozda tinglang.

Edge'dami? Edge'ga qo'shish

Chrome'dami? Chrome'ga qo'shish

Firefox'da Sado ishlamaydi. Havolani nusxalab, Chrome yoki Edge'da oching.

Safari'da Sado ishlamaydi. Havolani nusxalab, Chrome yoki Edge'da oching.

Sado kompyuter uchun. Havolani kompyuteringizga yuboring: u yerda Chrome yoki Edge do'koni o'zi ochiladi.

Namuna: «Spaced repetition» — bilimni uzoq eslab qolish usuli haqidagi dars kadri. Rejimni pastdagi tugmalar bilan almashtiring: O'chiq — inglizcha asl subtitr, Subtitr — o'zbekcha qator, Ovoz — o'zbekcha ovoz va qator.

Ovozsiz namuna. Rejimlarni almashtirib ko'ring — extension'da ular video ustidagi Sado panelida turadi.

Inglizcha darsda diqqat ikkiga bo'linadi

Subtitrni o'qish va ekranda ko'rsatilayotganini kuzatish bir vaqtda qiyin. Sado shu muammoni hal qiladi.

  1. Hozir: Har jumlani tushunish uchun videoni to'xtatasiz

    Sado bilan: O'zbekcha qator video bilan birga chiqadi

  2. Hozir: Sohaga oid atamalar tushunarsiz qoladi

    Sado bilan: Atamalar doim bir xil tarjima qilinadi, lug'atni o'zingiz sozlaysiz

  3. Hozir: Ko'z subtitrda, darsdagi ko'rsatma esa ekranda

    Sado bilan: Ovozda tinglaysiz, ko'zingiz ekranda qoladi

  4. Hozir: Kerakli joyni qidirib, videoni oldinga-orqaga surasiz

    Sado bilan: Darsning to'liq matnidan topasiz va bir bosishda o'sha joyga o'tasiz

Har qanday yo'nalishdagi kurs uchun

Darsda inglizcha subtitr bo'lsa bas — mavzusidan qat'i nazar, Sado uni o'zbekchaga o'giradi.

  • Dizayn va UI/UX
  • Marketing va SMM
  • Biznes va boshqaruv
  • Moliya va buxgalteriya
  • Dasturlash va IT
  • Video, foto va montaj
  • Til va imtihonlarga tayyorgarlik
  • Shaxsiy rivojlanish

Qanday ishlaydi

Uch qadam, taxminan 2 daqiqa. API key faqat bir marta kiritiladi.

  1. 1-qadam

    O'rnating

    Chrome yoki Edge do'konidan — bir bosishda.

  2. 2-qadam · bir marta

    Bepul API key oling

    Google AI Studio'da, Google akkauntingiz bilan. Qadamba-qadam yo'riqnoma

  3. 3-qadam

    Darsni oching

    Video ustidagi Sado belgisidan «Subtitr» yoki «Ovoz»ni tanlang. Tarjima video boshlanishi bilan ishga tushadi.

Imkoniyatlar

Rasmlar — extension'ning haqiqiy oynalari.

O'zbekcha subtitr

Video bilan sinxron, o'qishga qulay. Xohlasangiz, inglizcha qator ham chiqadi.

  • Subtitr qatorini sichqoncha bilan surasiz
Video dars ustida o'zbekcha subtitr «Server sertifikatini yuboradi, brauzer esa uni tekshiradi.» va Sado paneli: «Subtitr» rejimi tanlangan, holat «Saqlangan tarjima — bepul».
  • Kutubxona

    Tarjima qilingan dars saqlanadi: qayta ochilganda darhol va bepul.

  • Subtitrni yuklab olish

    Tarjimani subtitr fayli qilib saqlang (SRT yoki VTT) — boshqa pleyerlarda ham ochiladi.

  • Kunlik chegara

    Bir kunda qancha tarjima qilinishini o'zingiz cheklaysiz — pullik API key'da xarajat kutilmaganda oshib ketmaydi.

Bepul≈ 2 daqiqaDasturlash bilish shart emas

Bepul API key — 2 daqiqada

API key — Google beradigan shaxsiy kod. Uni nusxalab Sado'ga qo'yasiz, xolos: bu bir marta qilinadi. Google Gemini'ning bepul tarifi odatda yetarli.

  1. AI Studio'ni oching

    Quyidagi sahifani oching va Google akkauntingiz bilan kiring.

    aistudio.google.com/apikey
  2. «Create API key» ni bosing

    Tugma sahifaning yuqori qismida.

  3. API key'ni nusxalang

    Ochilgan oynadagi nusxalash belgisini bosing.

  4. Sado'ga qo'ying

    Sado o'rnatilganda ochiladigan sahifada «Gemini API key» maydoniga qo'ying va «Roziman — saqlash va tekshirish»ni bosing. Sinov jumlasi tarjima qilinsa — hammasi tayyor.

  • Bepul tarif kundalik o'qish uchun odatda yetarli.
  • Gemini'dan faqat 18 yoshdan oshganlar foydalana oladi.
  • Bepul tarifda Google yuborilgan matndan o'z mahsulotlarini yaxshilash uchun foydalanadi, uni odamlar ham ko'rib chiqishi mumkin. Istamasangiz, pullik tarifni yoki boshqa servisni tanlang.

Biror qadamda qiynalsangiz, @sado_support_botga yozing — yordam beramiz.

Qayerda ishlaydi

Bir marta yoqiladi

  • YouTube
  • Coursera
  • Boshqa kurs saytlari

Brauzerning yuqori o'ng burchagidagi Sado belgisini bosing va «Bu saytda yoqish»ni tanlang; belgi ko'rinmasa, u extensionlar menyusida turadi. YouTube va Coursera uchun ruxsat faqat o'sha saytga so'raladi. Boshqa saytlarda brauzer barcha saytlar uchun ruxsat so'raydi, lekin Sado faqat siz yoqqan saytda ishlaydi.

Darhol ishlaydi

  • Udemy
  • Udemy Business
  • Master.dev

Hech narsa sozlash shart emas: darsni oching, Sado belgisi video ustida paydo bo'ladi.

O'rnatishdan oldin

Sado sizga mos kelishini bir daqiqada tekshiring.

  • Videoda inglizcha subtitr bo'lishi kerak. Subtitrsiz videoni tarjima qilib bo'lmaydi.

  • Faqat kompyuterda — Chrome va Edge. Telefon va planshetda hozircha ishlamaydi.

  • Tarjima uchun API key kerak. Gemini'ning bepul tarifida kunlik tarjima hajmi cheklangan.

  • Edge'da o'zbekcha ovoz bepul. Chrome'da ovozni Gemini TTS beradi — tarjima servisi Gemini bo'lsa, bepul tarifda kuniga taxminan 15–35 daqiqa.

  • Tarjimani sun'iy intellekt qiladi. Xato uchrashi mumkin — atamalarni lug'atda o'zingiz tuzatasiz.

Savollar

Boshlash

Sado pullikmi?

Yo'q, Sado bepul. Tarjima uchun Google Gemini'ning bepul API key'i yetarli — uni 2 daqiqada olasiz. Yo'riqnoma

Dasturchi bo'lmasam ham ishlata olamanmi?

Ha. Sado har qanday yo'nalishdagi kurs uchun. Sozlash — bitta kodni nusxalab qo'yish: Google AI Studio'dan API key olasiz va Sado'ga qo'yasiz. Qolganini Sado o'zi qiladi.

API key nima va nega kerak?

API key — tarjima servisidan foydalanish uchun shaxsiy ruxsat kodi. Sado tarjimani shu orqali bajaradi. API key faqat brauzeringizda saqlanadi va faqat siz tanlagan servisga yuboriladi.

Chrome yoki Edge — qaysi biri yaxshi?

Darsni o'zbek tilida tinglamoqchi bo'lsangiz — Edge: o'zbekcha ovoz bepul va ovoz uchun alohida API key talab qilmaydi. Chrome'da ovozni Gemini TTS beradi: tarjima servisi Gemini bo'lsa, bepul tarifda kuniga taxminan 15–35 daqiqa. Faqat subtitr kerak bo'lsa, ikkalasi bir xil ishlaydi.

Telefonda ishlaydimi?

Hozircha yo'q. Sado — Chrome va Edge uchun extension, faqat kompyuterda ishlaydi.

Foydalanish

Qaysi saytlarda ishlaydi?

YouTube, Coursera va boshqa kurs saytlarida brauzerning yuqori o'ng burchagidagi Sado belgisini bosib, «Bu saytda yoqish»ni bir marta tanlaysiz. Belgi ko'rinmasa, u extensionlar menyusida turadi. Udemy (Udemy Business ham) va Master.dev'da (avvalgi Frontend Masters) esa darhol ishlaydi.

Video tarjima qilinmayapti

Sado videoning inglizcha subtitrini tarjima qiladi. Subtitri yo'q video yoki jonli efirni tarjima qilib bo'lmaydi — bunday holatda video ustidagi Sado panelida «Inglizcha subtitr yo'q» chiqadi.

«Tarjima limiti tugadi» chiqyapti

Tarjima qiladigan sun'iy intellekt modelining bugungi bepul limiti tugadi. Video ustidagi Sado panelida «Model tanlash»ni bosing va boshqa modelni tanlang — har birining limiti alohida. Oldin tarjima qilingan darslar baribir ochiladi.

«Kunlik chegara tugadi» chiqyapti

Bu — sozlamalarda o'zingiz belgilagan kunlik foydalanish chegarasi. U ertaga yangilanadi yoki Sado panelidagi «Oshirish» orqali hozir ko'tarasiz.

Dars matni qayerga yuboriladi?

Inglizcha subtitr tarjima uchun faqat siz tanlagan servisga yuboriladi. Ovoz yoqilsa, o'zbekcha matn ovoz servisiga ketadi: Edge'da Microsoft'ga, Gemini TTS'da Google'ga. Hammasi faqat roziligingizdan keyin. Batafsil — maxfiylik siyosatida.

Muammo bo'lsa, kimga yozaman?

Brauzerning yuqori o'ng burchagidagi Sado belgisi → «Xabar berish» → «Telegram'da xabar berish». Yoki to'g'ridan-to'g'ri @sado_support_botga yozing.

Bugun birinchi darsni o'zbek tilida ko'ring

Sado kompyuter uchun. Havolani kompyuteringizga yuboring: u yerda Chrome yoki Edge do'koni o'zi ochiladi.

Kompyuterga yuboring