Sado

Chrome va Edge uchun bepul extension

Coursera kurslari o'zbek tilida

Coursera'dagi inglizcha darslarni o'zbekcha subtitr bilan ko'ring yoki o'zbekcha ovozda tinglang.

Edge'dami? Edge'ga qo'shish

Chrome'dami? Chrome'ga qo'shish

Firefox'da Sado ishlamaydi. Havolani nusxalab, Chrome yoki Edge'da oching.

Safari'da Sado ishlamaydi. Havolani nusxalab, Chrome yoki Edge'da oching.

Sado kompyuter uchun. Havolani kompyuteringizga yuboring: u yerda Chrome yoki Edge do'koni o'zi ochiladi.

Brauzer oynasi: chapda video dars, o'ngda Sado yon paneli «HTTP vs HTTPS Explained». Panelda «Matndan qidirish», «Inglizcha ham» va «Nusxalash», vaqt belgilari bilan o'zbekcha jumlalar; joriy jumla 1:05 ajratilgan.

Qanday boshlanadi

Sozlash bir marta qilinadi. Keyin tarjima video ustidagi Sado panelidan boshqariladi.

Kerak bo'ladi

  • Kompyuterda Chrome yoki Edge
  • Google akkaunti, bepul API key uchun (Google talabi bo'yicha 18 yoshdan katta)
  • Inglizcha yoki o'zbekcha subtitrli dars
  1. Sado'ni o'rnating

    Chrome Web Store yoki Edge Add-ons'dan o'rnatiladi.

  2. Bepul API key oling

    Google AI Studio'da API key yarating va uni Sado sozlamalariga qo'ying. Bu bir marta qilinadi.

  3. Coursera'da yoqing

    Brauzerning yuqori o'ng burchagidagi Sado belgisini bosing va «Bu saytda yoqish»ni tanlang. Brauzer ruxsat so'rasa, «Allow» tugmasini bosing. Ruxsat faqat Coursera uchun beriladi.

    Sado belgisi ko'rinmasa, manzil qatorining o'ng tomonidagi Kengaytmalar tugmasini bosing va Sado'ni panelga mahkamlang.

  4. Darsni oching

    Video ustidagi Sado belgisidan «Subtitr» yoki «Ovoz»ni tanlang. Tarjima video boshlanishi bilan ishga tushadi.

Tayyor

O'zbekcha subtitr dars bilan sinxron chiqadi. Darsda o'zbekcha subtitr bo'lsa, Sado o'shani ko'rsatadi.

Bilib qo'ying

  • O'zbekcha qator video bilan sinxron chiqadi, kerak bo'lsa ostida inglizcha asli ham.
  • Tarjima qilingan dars saqlanadi va qayta ochilganda darhol, bepul chiqadi.
  • Darsning to'liq matni yon panelda. Jumlani bossangiz, video o'sha joyga o'tadi.

Savollar

Sozlash va foydalanish

Coursera kursini o'zbek tiliga qanday tarjima qilaman?

Sado'ni o'rnating va bepul API key'ni qo'ying. Coursera'da Sado belgisini bosib, «Bu saytda yoqish»ni tanlang. Keyin darsni oching va video ustidagi Sado belgisidan «Subtitr» yoki «Ovoz»ni tanlang.

Darsda o'zbekcha subtitr bor bo'lsa-chi?

Sado o'zbekcha subtitrni o'zi ko'rsatadi. Bunday dars tarjimaga yuborilmaydi va API key ham kerak emas.

O'zbekcha ovozda tinglasa bo'ladimi?

Ha. Edge'da o'zbekcha ovozni Edge'ning o'z ovozi o'qiydi, bu bepul va API key talab qilmaydi. Chrome'da ovozni Google'ning Gemini sun'iy intellekti yaratadi va u bepul Gemini API key limitingizdan sarflanadi. Bu kuniga taxminan 15–35 daqiqa ovozga yetadi. Limit tugasa, dars o'zbekcha subtitr bilan davom etadi.

Sado pullikmi?

Yo'q, Sado bepul. Tarjima uchun Google Gemini'ning bepul API key'i yetarli, uni Google AI Studio'da 2 daqiqada olasiz. Qadamba-qadam yo'riqnoma

Muammo bo'lsa

Sado belgisini topa olmayapman

Belgi manzil qatorining o'ng tomonida turadi. Ko'rinmasa, Kengaytmalar tugmasini bosing va ro'yxatdagi Sado qatorida Chrome'da Mahkamlash, Edge'da Panelda ko'rsatish tugmasini bosing. Shundan keyin belgi doim ko'rinib turadi.

Dars ustida Sado paneli chiqmayapti

Sado belgisini bosing. Oynada «Bu saytda yoqish» tugmasi chiqsa, Sado Coursera'da hali yoqilmagan, shu tugmani bosing. Tugma chiqmasa, sahifani yangilang (F5).

«Inglizcha subtitr yo'q» chiqdi

Sado darsning ovozini emas, inglizcha subtitrini tarjima qiladi, bu darsda esa u yo'q. Pleyerning subtitrlar menyusida English bo'lmasa, Sado bu darsni tarjima qila olmaydi.

«Tarjima limiti tugadi» chiqdi

Tarjimani sun'iy intellekt modeli qiladi va bepul API key'da har bir modelning kunlik limiti bor. Bugungisi tugadi. Sado panelida «Model tanlash»ni bosing va boshqa modelni tanlang, uning limiti alohida. Avval tarjima qilingan darslar baribir ochiladi.

Muammo hal bo'lmadi, kimga yozaman?

Sado belgisini bosing, «Xabar berish»ni tanlang, keyin «Telegram'da xabar berish»ni bosing. Qaysi saytda, qaysi darsda va nima bo'lganini qisqa yozing. Botga to'g'ridan-to'g'ri ham yozish mumkin: @sado_support_bot.

Bugun birinchi darsni o'zbek tilida ko'ring

Sado kompyuter uchun. Havolani kompyuteringizga yuboring: u yerda Chrome yoki Edge do'koni o'zi ochiladi.