Chrome va Edge uchun bepul extension
Udemy kurslari o'zbek tilida
Udemy va Udemy Business'dagi inglizcha darslarni o'zbekcha subtitr bilan ko'ring yoki o'zbekcha ovozda tinglang.
Edge'dami? Edge'ga qo'shish
Chrome'dami? Chrome'ga qo'shish
Firefox'da Sado ishlamaydi. Havolani nusxalab, Chrome yoki Edge'da oching.
Safari'da Sado ishlamaydi. Havolani nusxalab, Chrome yoki Edge'da oching.
Sado kompyuter uchun. Havolani kompyuteringizga yuboring: u yerda Chrome yoki Edge do'koni o'zi ochiladi.

Qanday boshlanadi
Sozlash bir marta qilinadi. Keyin tarjima video ustidagi Sado panelidan boshqariladi.
Kerak bo'ladi
- Kompyuterda Chrome yoki Edge
- Google akkaunti, bepul API key uchun (Google talabi bo'yicha 18 yoshdan katta)
- Inglizcha subtitrli dars
Sado'ni o'rnating
Chrome Web Store yoki Edge Add-ons'dan o'rnatiladi.
Bepul API key oling
Google AI Studio'da API key yarating va uni Sado sozlamalariga qo'ying. Bu bir marta qilinadi.
Darsni oching
Video ustidagi Sado belgisidan «Subtitr» yoki «Ovoz»ni tanlang. Udemy'da hech narsani yoqish shart emas.
Tayyor
O'zbekcha subtitr dars bilan sinxron chiqadi. Tarjima saqlanadi: dars qayta ochilganda darhol va bepul.
Bilib qo'ying
- Udemy Business'da ham hech narsa yoqmasdan ishlaydi.
- Atamalar hamma darsda bir xil tarjima qilinadi, lug'atni o'zingiz sozlaysiz.
- Kerak bo'lsa, o'zbekcha qator ostida inglizcha asli ham chiqadi.
Savollar
Sozlash va foydalanish
Udemy kursini o'zbek tiliga qanday tarjima qilaman?
Sado'ni o'rnating va bepul API key'ni bir marta qo'ying. Keyin Udemy'da darsni oching: video ustidagi Sado belgisidan «Subtitr» yoki «Ovoz»ni tanlaysiz. Udemy'da hech narsani yoqish shart emas.
Udemy Business'da ishlaydimi?
Ha. Kompaniya bergan Udemy Business akkauntida ham xuddi shunday ishlaydi.
Darsning matnini olsam bo'ladimi?
Ha. Yon panelda darsning to'liq o'zbekcha matni bor. Uni qidirish va nusxalash mumkin, jumlani bossangiz video o'sha joyga o'tadi. Tarjimani SRT yoki VTT subtitr fayli qilib ham yuklab olasiz.
O'zbekcha ovozda tinglasa bo'ladimi?
Ha. Edge'da o'zbekcha ovozni Edge'ning o'z ovozi o'qiydi, bu bepul va API key talab qilmaydi. Chrome'da ovozni Google'ning Gemini sun'iy intellekti yaratadi va u bepul Gemini API key limitingizdan sarflanadi. Bu kuniga taxminan 15–35 daqiqa ovozga yetadi. Limit tugasa, dars o'zbekcha subtitr bilan davom etadi.
Sado pullikmi?
Yo'q, Sado bepul. Tarjima uchun Google Gemini'ning bepul API key'i yetarli, uni Google AI Studio'da 2 daqiqada olasiz. Qadamba-qadam yo'riqnoma
Muammo bo'lsa
Video ustida Sado belgisi yo'q
Sado o'rnatilishidan oldin ochilgan varaqda belgi chiqmasligi mumkin, sahifani yangilang (F5). Belgi dars videosining ustida paydo bo'ladi.
«Inglizcha subtitr yo'q» chiqdi
Udemy'da subtitrni kurs muallifi qo'shadi, bu darsda esa inglizchasi yo'q. Pleyerning subtitrlar menyusida English bo'lmasa, Sado bu darsni tarjima qila olmaydi.
«Tarjima limiti tugadi» chiqdi
Tarjimani sun'iy intellekt modeli qiladi va bepul API key'da har bir modelning kunlik limiti bor. Bugungisi tugadi. Sado panelida «Model tanlash»ni bosing va boshqa modelni tanlang, uning limiti alohida. Avval tarjima qilingan darslar baribir ochiladi.
Muammo hal bo'lmadi, kimga yozaman?
Sado belgisini bosing, «Xabar berish»ni tanlang, keyin «Telegram'da xabar berish»ni bosing. Qaysi saytda, qaysi darsda va nima bo'lganini qisqa yozing. Botga to'g'ridan-to'g'ri ham yozish mumkin: @sado_support_bot.
Bugun birinchi darsni o'zbek tilida ko'ring
Sado kompyuter uchun. Havolani kompyuteringizga yuboring: u yerda Chrome yoki Edge do'koni o'zi ochiladi.